«is gazi» tegli maqolalar


Qo‘llanma: Is gazidan zaharlanganda nima qilish kerak?
26 dekabr 2023, 21:03

Qo‘llanma: Is gazidan zaharlanganda nima qilish kerak?

Is gazi nima? Undan zaharlanish qanday yuz beradi? Bunday hollarda (yoki zaharlanmaslik uchun) nima qilish kerak? “Gazeta.uz” Favqulodda vaziyatlar, Sog‘liqni saqlash hamda Energetika vazirliklarining bu bo‘yicha tavsiyalarini jamladi.

O‘zbekiston is gaziga qarshi kurash jamiyati nega ro‘yxatdan o‘tkazilmayapti?
12 oktabr 2023, 10:42

O‘zbekiston is gaziga qarshi kurash jamiyati nega ro‘yxatdan o‘tkazilmayapti?

“O‘zbekiston is gaziga qarshi kurash jamiyati” uch yildan ortiq vaqtdan beri NNT sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha rad javobini olib kelmoqda. “Gazeta.uz” kolumnisti Dilmurod Yusupov 12 ta javob xatini o‘rganib chiqib, NNTlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq muammolar hali ham tizimli ekanini ta’kidladi.

Farg‘onada 2 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
4 mart 2023, 17:40

Farg‘onada 2 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Farg‘ona shahrida 3 kishi is gazidan zaharlanib, ularning 2 nafari vafot etdi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Samarqandda is gazidan zaharlangan kelin-kuyov vafot etdi
21 yanvar 2023, 15:29

Samarqandda is gazidan zaharlangan kelin-kuyov vafot etdi

Kattaqo‘rg‘on tumanida chillasi chiqmagan kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi. Xonadon egalari ularni ko‘mgan va huquqni muhofaza qilish organlariga bu haqda xabar bermagan. Hozirda prokuratura holatni o‘rganmoqda.

Namanganda 8 yoshli bola vafot etdi. O‘limga is gazi sabab bo‘lishi mumkin
9 yanvar 2023, 10:08

Namanganda 8 yoshli bola vafot etdi. O‘limga is gazi sabab bo‘lishi mumkin

Chust tumanida 3 va 8 yoshli bola sog‘lig‘i yomonlashgani sababli shifoxonaga yotqizildi. 8 yoshli bola birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan vafot etdi. Viloyat FVB o‘limga is gazi sabab bo‘lganiga ishora qilmoqda.

O‘zbekistonda yil boshidan beri 150 ga yaqin kishi is gazidan vafot etgan
24 dekabr 2022, 10:49

O‘zbekistonda yil boshidan beri 150 ga yaqin kishi is gazidan vafot etgan

IIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2022 yil boshidan buyon 90 dan ortiq is gazidan zaharlanish holati qayd etilgan. Ular oqibatida 146 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan.

Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etgani aytilmoqda
8 dekabr 2022, 16:30

Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etgani aytilmoqda

Yangibozor tumanida fuqaro va uning nevarasi uyda vafot etdi. Ularning o‘limiga is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Toshkent viloyatida er-xotin va ularning 3 oylik chaqalog‘i is gazidan vafot etdi
5 dekabr 2022, 15:26

Toshkent viloyatida er-xotin va ularning 3 oylik chaqalog‘i is gazidan vafot etdi

Toshkent viloyati Chinoz tumanida er-xotin va ularning 3 oylik chaqalog‘i is gazidan vafot etdi. Xonadon bir kun avval qarzdorlik sabab gazdan uzilgan, biroq uy egasi o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib olgan. Holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ikki kunda 5 kishi is gazidan vafot etdi
16 noyabr 2022, 17:48

Ikki kunda 5 kishi is gazidan vafot etdi

13 noyabr kuni Xorazmda ijarada turgan ikki yigit, oradan ikki kun o‘tib Jizzaxda qariya ayol va uning ikki nabirasi is gazidan zaharlanib vafot etdi.

Qo‘qondagi xonadonda vafot etgan 5 kishi is gazidan zaharlangani taxmin qilinmoqda
22 mart 2022, 12:43

Qo‘qondagi xonadonda vafot etgan 5 kishi is gazidan zaharlangani taxmin qilinmoqda

Navro‘z kuni Qo‘qon shahridagi masjid imom-xatibi va uning to‘rt nafar oila a’zolari noma’lum etiologiyali zaharlanish natijasida vafot etgan. Mutaxassislar buni is gazidan zaharlanish, deya taxmin qilmoqda.

Asaka tumanida uch kishi is gazidan vafot etdi
17 fevral 2022, 15:40

Asaka tumanida uch kishi is gazidan vafot etdi

Andijon viloyati Asaka tumanidagi fermer xo‘jaligining uch yollanma ishchisi is gazidan vafot etdi. Ular qo‘lbola sandalga yoqilgan ko‘mirdan chiqqan is gazidan zaharlanishgan. Tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

25 kun ichida O‘zbekistonda 28 kishi is gazidan vafot etdi
27 yanvar 2022, 21:21

25 kun ichida O‘zbekistonda 28 kishi is gazidan vafot etdi

2022 yilning ilk 25 kunida O‘zbekistonda is gazi bilan bog‘liq 16 ta holat qayd etilgan, buning oqibatida esa 9 kishi zaharlangan va 28 kishi vafot etgan. Baxtsiz hodisalarga asosan qo‘lbola yasalgan pechlardan foydalanish, dudbo‘ronlarni noto‘g‘ri o‘rnatish, havo almashmaydigan xonalarda ko‘mir va o‘tin yoqish sabab bo‘lgan.

Farg‘onada yana uch kishi is gazidan zaharlandi
18 yanvar 2022, 17:41

Farg‘onada yana uch kishi is gazidan zaharlandi

Farg‘ona shahrida ikki nafar harbiy xizmatchi va 17 yoshli qiz is gazidan zaharlanish oqibatida halok bo‘ldi. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, bu 2021−2022 yilgi isitish mavsumi boshidan beri 40-baxtsiz hodisa. Mavsum davomida is gazidan jami 54 kishi vafot etgan.

O‘zbekistonda 15 dekabrgacha 125 kishi is gazidan vafot etgan
16 dekabr 2021, 12:20

O‘zbekistonda 15 dekabrgacha 125 kishi is gazidan vafot etgan

Yil boshidan beri O‘zbekistonda is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi oqibatida 115 nafar inson jarohatlandi, 125 kishi esa halok bo‘ldi. Aynan qish mavsumida har uchta noxush holatdan bittasi isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanishdan kelib chiqmoqda.

Nukusda talaba is gazidan zaharlanib, vafot etdi
25 noyabr 2021, 12:18

Nukusda talaba is gazidan zaharlanib, vafot etdi

Nukusda ijarada yashovchi talaba xonadondagi isitish qozoni otashxonasidan chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etganligi aniqlandi.

Farg‘ona tumanida ota-o‘g‘il is gazidan zaharlanib vafot etdi
18 noyabr 2021, 21:50

Farg‘ona tumanida ota-o‘g‘il is gazidan zaharlanib vafot etdi

Farg‘ona tumanida 62 yoshli ota va 31 yoshli o‘g‘il o‘z uylarida is gazidan zaharlanib vafot etdi.

Samarqandda 4 kishi is gazidan zaharlanib, vafot etdi
9 noyabr 2021, 10:40

Samarqandda 4 kishi is gazidan zaharlanib, vafot etdi

Samarqand viloyati Narpay tumanida bir oilaning 4 nafar a’zosi is gazidan halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Urgutda bir ayol va ikki bola is gazidan zaharlandi (yangilandi)
1 noyabr 2021, 23:03

Urgutda bir ayol va ikki bola is gazidan zaharlandi (yangilandi)

Samarqand viloyatining Urgut tumanida bir ayol va uning ikki voyaga yetmagan farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ma’lum qilinishicha, u uyni isitish uchun tezak ishlatgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Gulistonda Milliy gvardiya xodimlari 3 nafar bolani is gazi zaharlanishidan saqlab qoldi
1 noyabr 2021, 18:47

Gulistonda Milliy gvardiya xodimlari 3 nafar bolani is gazi zaharlanishidan saqlab qoldi

Guliston tumanida Milliy gvardiya xodimlari xonadonlardan birida is gazidan zaxarlanish oqibatida karaxt xolda bo‘lgan 3 nafar bolani qutqarib qoldi.

Samarqandda 10 kunda 8 kishi is gazidan zaharlanib, halok bo‘ldi
27 oktabr 2021, 17:22

Samarqandda 10 kunda 8 kishi is gazidan zaharlanib, halok bo‘ldi

Samarqand viloyatida 10 kunda is gazidan zaharlanish oqibatida 8 kishi vafot etgan. Ularning 5 nafari voyaga yetmagan bolalardir. Yana 1 kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek, viloyatda oktabr oyining boshidan buyon 128 ta aholi uylarida turli ko‘lamli yong‘inlar sodir bo‘lgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting